“Shajarayi Turk” Etnonimlarining Lingvistik Tahlili

Authors
  • Kultayeva Fazilat Baxtiyarovna

    Termiz davlat univarsiteti o‘qituvchisi
  • Avazova Shohsanam Anvarovna

    Termiz davlat univarsiteti talabasi
Keywords:
Etnonim, onomastika, etnogenez, lingvistik tahlil, turkiy tillar, morfologiya, semantika, etimologiya, toponim, antroponim, Abulg‘oziy Bahodirxon
Abstract
Global o‘zgarishlar davrida millatning etnogenezini belgilovchi onomastik birliklarni tadqiq etish filologiya fanining dolzarb vazifalaridan biridir. Zero, til xalqning intellektual salohiyati va tarixiy dunyoqarashini aks ettiruvchi “lingvistik passport” hisoblanadi. Markaziy Osiyo onomastik xazinasini boyitishda XVII asr davlat arbobi va olimi Abul G‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari alohida o‘ringa ega. Mazkur asar shunchaki tarixiy xronologiya emas, balki turkiy xalqlar etnogenezini lingvistik metodologiya asosida yoritgan fundamental tadqiqotdir. Undagi 100 dan ortiq etnonimlar qadimgi sivilizatsiya ramzlari va turkiy tilning derivatsion imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi lingvomadaniy yodgorliklardir. Muallif onomastik birliklarni mifologik qarashlar bilan emas, balki qat’iy mantiqiy-lisoniy asoslar va geografik joylashuv tamoyillari bilan izohlaydi. Bu tadqiqot nafaqat o‘zbek filologiyasi, balki jahon turkologiyasida Markaziy Osiyo xalqlari tarixini lingvistik rekonstruksiya qilishda yangi ufqlarni ochib beradi. Abulg‘ozixondan ikki tarixiy asar qoldi. Bittasi “Shajarayi tarokima” (1658-1661- yillar orasida yozilgan deb tahmin qilinadi), ikkinchi asari “Shajarayi turk” (1663-1664-yillarda yozilgan) nomi bilan mashhur.
References

[1] Abulg‘oziy Bahodirxon, Shajarayi turk. Toshkent, Uzbekistan: Cho‘lpon, 1992.

[2] Mahmud Qoshg‘ariy, Devoni lug‘atit turk.

[3] N. Bejaliyev, O‘zbekiston etnonimlar tarixidan. Samarqand, Uzbekistan, 2004.

[4] K. Marqayev, “O‘zbek tili etnonimlarining lisoniy tadqiqi,” Ph.D. dissertation, Toshkent, Uzbekistan, 2007.

[5] T. Nafasov, O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati. 1989.

[6] K. S. Abdullayeva, “Shajarayi turk asaridagi etnonimlarning grammatik tuzilishi va yasalishi,” Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Uzbekistan.

[7] X. Doniyorov, O‘zbek xalqining shajara va shevalari. Toshkent, Uzbekistan, 1968.

[8] A. Asqarov, O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. Toshkent, Uzbekistan, 2007.

[9] A. Nurmonov, O‘zbek tilshunosligi tarixi. Toshkent, Uzbekistan, 2002.

[10] R. S. Madatovich and S. D. Maxamadiyevna, “The role of the system of education and family education in forming youth's worldview,” European Journal of Humanities and Educational Advancements, vol. 4, no. 4, pp. 128–130.

[11] R. Madatovich, “The role of civic responsibility in educating youth in a healthy spiritual environment in an information society,” Pubmedia Social Sciences and Humanities, vol. 3, no. 1, p. 6, 2025.

[12] R. S. Madatovich, “The role of preschool education and family education in the raising of a healthy balanced generation,” For Teachers, vol. 57, no. 4, pp. 520–523, 2024.

[13] R. O‘. SirojmuRodov, “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida milliy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning ijtimoiy-falsafiy tahlil,” ACTA NUUz, vol. 1, no. 1.10.1, pp. 184–186, 2024.

[14] S. Ro‘zimurodov and Sh. Artikov, “Anakharsis – velikiy filosof iz Centralnoy Azii,” Innovatsii v tekhnologiyakh i obrazovanii, pp. 340–342, 2016.

[15] S. M. Ro‘zimurodov, Oilada yangicha iqtisodiy tafakkur madaniyati transformasiya: muammo va yechim (O‘zbekiston misolida). Qarshi, Uzbekistan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Qarshi Davlat Universiteti, 2024, p. 88.